Joriy yilning 13-iyun kuni Malayziya xalqaro islom universiteti rahbariyati “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish, muhandislik, ziyorat turizmi, sun’iy intellekt, robototexnika, islom moliyasi, chet tillari kabi mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (“ikki diplom”, qo‘shma fakultet va boshqalar) yo‘lga qo‘yish, malayziyalik professor, o‘qituvchilarni respublikaga jalb qilish, talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.