Joriy yilning 16-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Madaniyat chorrahasida” mavzusida konferensiya tashkil etilib, unda Markaziy Osiyo va Kavkaz yahudiylarining milliy qadriyatlari va urf-odatlarining o‘zaro o‘xshashliklari, tarixiy kechinmalari muhokama markazida bo‘ldi. Tadbir Moskva shahridagi Yahudiy muzeyi va bag‘rikenglik markazi ilmiy-tadqiqot markazi, Quddus shahridagi Ben-Tsvi instituti, Samarqanddagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan ushbu anjuman doirasida moderatorlar tomonidan anjuman mavzusiga doir qator muhim masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.