×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 13 Sentyabr 2023 16:40

Pekin genomika instituti (BGI) Bioverse bosh direktori Liu Xuan universitetimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 8-sentabr kuni prorektor professor Toni Zou, BGI Bioverse bosh direktori, Xitoy Davlat kalit laboratoriyasi direktori o‘rinbosari va Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy laboratoriya direktori, doktor Liu Xuanni qabul qildi. Bosh direktor Liu Huang va professor Zou BGI “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida arxeologiya va madaniy meros, ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalar qurish, talabalar amaliyoti, o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashdi.  

BGI shtab-kvartirasi Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan bo‘lib, filiallari va tibbiy laboratoriyalari Pekin, Tyantszin, Uxan, Shanxay va Guanchjou kabi mamlakatning yirik shaharlarida joylashgan. Shuningdek, Gonkong, Evropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani va boshqa mintaqalarda ham markazlari va laboratoriyalari mavjud.

O'qilgan 1023 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1842{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar