Shu yil 23-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov boshchiligida universitet xodimlari “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi jamiyat ko‘magi va e’tiboriga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi. Universitet xodimlari dastlab Berdimurodova Gulnoza va Xodjaev Mo‘min xonadonlariga tashrif buyurib, ushbu mahalla yoshlarining turmush tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.
Universitet jamoasining ushbu tashabbusi hayotda qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uchrashuv yakunida universitet xodimlari yosh aholiga ta’lim va taraqqiyotga chaqiruvchi kitoblar sovg‘a qilishdilar.
Uchrashuv chog‘ida J.Eltazarov bu “Qo‘shchinor” mahalla yoshlari bilan uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi ekanligiga umid bildirib, universitetning ijtimoiy mas’uliyati muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor jamiyat kelajagi va taraqqiyotiga sarmoya ekanligini ta’kidladi.