Joriy yilning 18-oktabr kuni universitetimizga Pekin Xalqaro Tadqiqotlar universiteti kengashi raisining o‘rinbosari Wang Xiuyan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni oliygohimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va keyingi yillarda universitetda turizm sohasiga kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
Ma’lumki, bugungi kunda universitetimiz Xitoy Xalq Respublikasining bir qator nufuzli universitetlari bilan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida 30 nafar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari Xitoyda bo‘lib amaliyot o‘tab qaytishdi. Bundan tashqari Xitoydan kelgan professor-o‘qituvchilar ham talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O‘zaro muloqot davomida Pekin Xalqaro Tadqiqotlar universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida kelishib olindi.