Joriy yilning 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida SHHT turizm sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy konferensiyani universitetimiz rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda SHHT davlatlari o‘rtasida turizm sanoatini rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligi, bu borada O‘zbekiston barcha Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi xususida gapirib, konferensiya ishiga omad tiladi. SHHT bosh kotibi o‘rinbosari Shri Janesh Kain ham Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasini rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidladi va bu iqtisodiyotning yanada yuksalishiga muhim omil bo‘lib xizmat qilishi xususida gapirdi. Shuningdek konferensiyada mavzu yuzasidan ko‘plab ma’ruzalar qilindi.