Joriy yilning 27-28 oktabr kunlari Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida respublikamizdagi 150 ta oliy ta’lim muasassalari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashlari raislari uchun “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, o‘zaro fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ishtirok etdi.