Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga direktor sifatida tayinlangan Inoyatov Jo‘raqul Bahriddinovichni jamoaga tanishtirdi. Yangi rahbarni jamoaga tanishtirishda universitetimiz rektori bugungi kunda professional ta’lim tizimida turizm va madaniy meros sohalari bo‘yicha mutaxassis tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, joriy yilda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi qayta kapital ta’mirdan chiqarilib yangicha ko‘rinish olish bilan birga, tizimga malakali mutaxassislar tayyorlashda ham moddiy texnik baza mustahkamlab berildi. Endilikda ushbu yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanish lozim bo‘ladi. Shuningdek universitetimiz rektori texnikum hududida talabalar uchun qurilayotgan yotoqxona bilan yaqindan tanishdi.