Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari sizlarni Vatanimizning muhim ramzlaridan biri bo‘lgan Davlatimiz Bayrog‘i qabul qilinganligi munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Barchamiz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz bo‘lib, u erkimizning eng muhim timsolidir. O‘zbekistonliklarning asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz Vatanimiz ertasini, kuch va qudratini aks ettirishda bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti