×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 13 Dekabr 2023 16:38

Viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutasaddilari universitetimizdagi xorijlik talabalar bilan uchrashdi

Joriy yilning 13-dekabr kuni viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Sh.Nurmamatov va M.Xudoyberdiev universitetimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, magistrlar va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov olib bordi. Ta’kidlandiki, bugungi kunda Samarqand viloyatidagi mavjud oliy ta’lim muasassalarida jami 3 ming nafar xorijlik talabalar ta’lim olishmoqda. Ularning O‘zbekistonda yashashi, ta’lim olishi uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan.  Xususan oliygohimizda ham 65 nafar xorijlik talaba ta’lim olayapti.

Albatta xorijlik fuqaroning yurtimizda bo‘lishi, o‘qishi va yashashi uchun ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aniq qoidalar bo‘lib, har bir xorijlik bunga amal qilishi lozim bo‘ladi. Tadbirda ushbu qoidalarga amal qilmagan talabalar ham uchrab turganligi haqida aytildi. Migratsiya boshqarmasi mutasaddilari xorijlik talabalarning yurtimizda qonunlarimiz doirasida ta’lim olishi, yashashi va mehnat qilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berdi. O‘zaro muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbirda qayta ro‘yxatga qo‘yilgan xorijlik talabalardan uch nafarining pasportlari topshirildi.

O'qilgan 490 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2066{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar