Dushanba, 22 Yanvar 2024 15:04

Universitetimizda “Yil sarhisobi” xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi misolida

Imzolangan anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalari mamlakatlar kesimida:

Ispaniya:

- BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO),

Angliya:

- Canterbury Christ Church Universiteti (QS reytingida 1100)

Isroil:

- Xolon Texnologiya Instituti (Global reyting 5000)

Malayziya:

- UCSI universiteti  (QS reytingida 300)

- MARA Texnologiya Universiteti (QS reytingida 300)

- Malayzia Menejment va Fanlar Universiteti (QS reytingida 600)

Koreya Respublikasi:

- Gyeongsang Milliy Universiteti (QS reytingida 700)

- Jeju Turizm universiteti  

Xitoy Xalq Respublikasi:

- Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti  (QS reytingida 1100)

- Kainan Universiteti, Taiwan (Global reytingda 5000)

- Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti (Global reytingda 5000)

- Nanjing Turizm va Mehmondo‘stlik Instituti

Turkiya:

- Ege Universiteti (QS reytingida 1001-1100)

- Mugla Sitki Kocman Universiteti (Global reytingda 2000)

Indoneziya:

- Gunadarma Universiteti  (Global reytingida 3500)

- Dian Nusantara Universiteti

- BITS Bali Turizm Insituti

- Bhayangkara Jakarta Raya Universiteti

- Krisnadwipayana Universiteti

- Esa Unggul Universiteti

- Muhammadiyah Jakarta Universiteti

- Panchasila Universiteti

Qirg’iz Respublikasi:

- K.Sh.Toktamatov nomidagi Xalqaro Universitet

Qozog’iston Respublikasi:

  • A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti

Rossiya Federatsiyasi:

  • Janubiy Universitet

Almashinuv dasturlari bo‘yicha:

Hozir Yaponiyaning Wakayama universiteti, XXRning Pekin xalqaro tadqiqotlar universitet, Zhejiang xalqaro tadqiqotlar universiteti, Shimoliy-g’arbiy universiteti, Nanjing turizm va mehmondo‘stlik universiteti, Kainan universiteti, Turkiyaning Ege universiteti va boshqa xorijiy OTMlar bilan o‘rnatilgan almashinuv dasturlari orqali talabalarimiz tahsil olishmoqda.

Universitet xodimlarining 2023-yil davomida xalqaro konferensiya va tadbirlarlarda ishtiroki:

 

  • Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining (8th General Assembly of SUN) bosh assambleyasi;
  • Kota universitetida BRIKS boʻyicha ikkinchi ilmiy anjuman;
  • "Seoul International Travel Fair" xalqaro ko'rgazmasi
  • Fransiyaning Luvr muzeyida tashkil "O'zbekiston vohalari xazinalari" nomli ko'rgazmaning yopilish marosimi;
  • Turkiyaning Burdur shahrida Erasmus+ xalqaro xodimlar haftaligi bo‘yicha anjuman.
  • Xalqaro ta’lim va almashinuv dasturi doirasida Koreya Respublikasida amaliyot.
  • Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumi;
  • “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy tamadduni bilan aloqasi” mavzusida Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi”da taqdimot bilan ishtirok;
  • Istanbulda o‘tkazilgan “Usmonli dunyosida astronomik bilimlarni uzatish kanallari (14-18 asrlar)” mavzusidagi konferensiyasi;
  • Turkiyaning Marmaris shahrida Alanya va Beykent universitetlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “5-Xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro kongressi”da;
  • Gangkong politexnika universiteti, Mehmonxona va turizm boshqaruvi fakultetida bo‘lib o‘tgan IMPACT2023 xalqaro konferensiyasi;
  • Janubiy Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan Seolseong xalqaro san'at festivali;
  • MDHga a'zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyoliklarining xalqaro forumi;
  • AQShning Pistburg universitetida bo'lib o'tgan "Markaziy Evrosiyo tadqiqotlar jamiyati" nomli xalqaro konferensiya;
  • Rossiya Federatsiyasining Kavkaz Kasbiy va Shark nomli xalqaro yoshlar forumi
  • XXRda COAST-2023 forumi va to'rtinchi xalqaro suniy intelekt va turizmni barqaror rivojlantirish bo'yicha konferensiya;
  • Turkiyaning Marmaris turizm markazida tashkil etilgan “beshinchi xalqaro turizm va madaniy meros kongresi”da ishtirok;
  • Istanbul universiteti ijtimoiy tarix kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Usmonli dunyosida astronom bilimlarni ijro etish kanali" nomli xalqaro kongress;
  • Ozarbayjonda Turizm sohasiga ixtisoslashgan ta'lim institutlari vakillarining birinchi uchrashuvida ishtirok;
  • Gangkong politexnika universitetida tashkil etilgan IMPACT-2023 xalqaro konferensiyasida ishtirok etish

Stajirovka professor-o‘qituvchi va xodimlarning xorijiy davlatlarda o‘tagan stajirovkalar:

  • FEP dasturi orqali AQSHning Wyoming universitetida grant asosida uzoq muddatli stajirovka o‘tadi;
  • Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizm tadqiqotlari imkoniyatlarini oshirish bo'yicha Xitoyda tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovkada universitetning jami 26 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida stajirovka o‘tadi;
  • Hindistonning Jaipuria menejment institutida grant asosida qisqa muddatli starijovka;
  • Germaniyaning Kostanz universitetida grant asosida qisqa muddatli stajirovka;
  • Suv osti arxeologiyasi bo'yicha bo'lib o'tadigan qisqa muddatli ilmiy-amaliy seminar;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov” golibi Nodir Xushvaqtovga dunyo universitetlari reytingida 4-oʻrinda turuvchi Oxford universitetida (Buyuk Britaniya) grant asosida uzoq muddatli tadqiqot olib bordi.

Xorijiy professor-o’qituvchilarning universitetimiz talabalari uchun qilgan maruzalari:

  • “Turizim va mehmondo‘stlik industriyasida inson va sun’iy intellektning o‘zaro ta’siri” mavzusida Angliyaning Surrey universiteti professori Iis Tussyadiah;
  • Greenwich universitetining marketing, tadbir va tourism kafedrasi o‘qituvchisi Dr.Peter Vlachos “Buyuk Britaniya ta’limi” mavzusida seminar;
  • Javoharlal Neru universiteti, Nyu-Dehli Alliance Medical NHS, Birlashgan Qirollik amaliyotchisi, Kumbriya universitetidan Haseeb Cheerathadayan “Covid-19ning xalqaro munosabatlarga ta'siri: Global sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va turizm” mavzusida seminar;
  • Xitoyning Shimoli-G‘arbiy universiteti Madaniy meros fakulteti dekani, professor Ma Jian “Vohadan yaylovgacha: Sharqiy Tyanshan tog‘larining dastlabki rivojlanishi va o‘zaro madaniy ta’siri” mavzusida seminar;
  • “Turizm va mehmondo‘stlik industriyasida inson va sun’iy intellektning o‘zaro ta’siri” mavzusida Surrey Universiteti “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti” fakulteti dekani Iis Tussyadiah;
  • Gankong politexnika universitetining professori Hengyun Li tomonidan “Turizm tadqiqotlarida eksperimental dizayn va ma'lumotlarni qo'llash” mavzusida seminar;
  • AQShning Utah davlat universiteti professori Karin deJonge-Kannan tomonidan “asosiy tadqiqot usullari va maqola tuzilishi” mavzusida ma’ruza;
  • Shimoli-G‘arbiy universiteti professori Yang Luning ishtirokida “Madaniy meros yodgorliklarni saqlash va arxeometriyaning ayrim masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar;
  • Amirsoy oromgohining marketing bo‘limi boshlig‘i Elvina Turjanova va savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva hamkorligida “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish” mavzusida seminar;
  • AICHI Perefektura universitetidan 4 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar;
  • Avstraliyaning ECU (Edith Cowan University) universiteti professori Songshan (Sam) Huang tomonidan “xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish” mavzusida treyning.

 

Universitetimizda o’tkazilgan tadbirlar:

  • Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti bilan hamkorlikda “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” mavzusidagi congress;
  • Universitetda Indoneziya markazining ochilish marosimi. Ushbu marosimda 60 ga yaqin Indoneziyalik, ya’ni 8 dan ortiq Indoneziya universitetlari vakillari ishtirok etishdi;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ko‘ngilli talabalar volontyor tarjimon sifatida jalb etildi;
  • “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi (TURKUNIB)”ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, mazkur yig‘ilishida Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston davlatlaridan 50 ga yaqin a’zo universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi;
  • Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabxat, elchixona xodimlari, hamda universitetimizning Hindistonlik talabalari ishtirok etishdi;
  • Samarqand shahridagi San’at galereyasida (Art Station) “Ichki ufq: Ella Mayar suratlarida 1930-yillardagi O‘zbekiston” ko‘rgazmasining ochilish marosimi tashkil qilinib, unda shveysariyalik sayohatchi, sportchi, fotograf va yozuvchi Ella Mayarning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiyaga qilgan sayohati davomida olgan fotosur’atlari namoyish qilindi;
  • Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma laboratoriyasi hamda Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasining ochilish marosimini universitet rektori Aziz Abduhakimov, Xitoy kommunistik partiyasining Shensi provintsiyasi kotibi Chjao Yide, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Shimoli-G‘arbiy universitet vitse-prezidenti Chang Jiang qatnashdilar;
  • Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohining boshlanishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur eko-oromgohi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, yoshlar siyosati va sport vazirligi, "zamin" xalqaro jamoat fondi, UNICEF, UNESSO, BMTTD va FAO ko'magida tashkil etildi;
  • “ShHT mamlakatlarida barqaror turizm va madaniy merosni rivojlantirish istiqbollari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ShHT bosh kotib o‘rinbosari Shri Janesh Kain hamda Malayziya, Angliya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistan kabi turizm sohasida beshqadam OTM va tashkilot vakillari qatnashdi;
O'qilgan 372 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar