Chorshanba, 17 Yanvar 2024 17:26

Targ‘ibot tadbirlarida universitetimiz professor-o‘qituvchilari faol bo‘lishmoqda

Joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Mahliyo Umarova, Sardor Quvondiqov, Dilrabo Mardonova Toyloq tumanidagi “Uzunqishloq”  va “Ukrach” mahallalari fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Targ‘ibot tadbirida mahalla faollari, mahalla yoshlar yetakchisi, mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonda erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Tadbirda faol bo‘lganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

O'qilgan 83 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar