Chorshanba, 24 Yanvar 2024 10:28

Yoshlarning universitetimizda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib bormoqda

Turizm sohasida malakali, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlab beradigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini hamda ushbu oliy ta’lim maskanida olib borilayotgan ishlarni keng targ‘ib qilish, sohaga qiziqish bor bilimli va salohiyatli bitiruvchi o‘quvchi yoshlarni oliygohimizga jalb qilish maqsadida ushbu yilning 23-yanvar kuni Marketing va rekruting bo‘limi mas’ul xodimlari Samarqand shahridagi 45-maktabida tahsil olayotgan 110 nafar 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida oliygohimiz faoliyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi. O‘zaro muloqot davomida o‘quvchi yoshlarga universitetimiz faoliyati haqidagi flayer va ma’lumotnomalar tarqatildi.

O'qilgan 74 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar