Shu kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu York shahrida “2024 New York Travel & Adventure Show” xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirga 160 dan ortiq mamlakatdan jami 20 ming nafarga yaqin ishtirokchi tashrif buyurgan bo‘lib shundan ming nafardan ortig‘i turoperatorlar hisoblanadi.
Ahamiyatlisi, ushbu yarmarkada mamlakatimiz turizm salohiyati bilan birga, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, turizm obe’ktlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati keng targ‘ib qilinmoqda.
Yarmarkada universitetimiz Horica bo‘limi boshlig‘i Akobir Sultonov faol ishtirok etib, oliygohimizda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar keng targ‘ib qilinmoqda. Quvonarlisi, ko‘rgazmada talaba-yoshlarning turizm sohasi rivojlangan davlatlarda tajriba va amaliyot almashishini yo‘l qo‘yish borasida ham manzilli ishlar olib borilishi natijasida oliygohimiz yirik turistik korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan birga yetakchi kompaniyalarda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ham takliflarni qo‘lga kiritdi.