Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini ko‘rish, talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida, oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va birinchi bosqich tyutori G.Xusainova hamkorlikda 2024-yil 5- fevral kuni talabalar turar joyida turadigan yoshlarning yashash manzillarida bo‘lishdi.
Talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz shiori ostida tashkil qilingan tashrif davomida yashash sharoitlari bilan birgalikda yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi ham o‘rganib chiqildi.
Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz o‘zlarini unversitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, talabalar turar joyidagi xonalarida talab qilinadigan qoidalarga amal qilgan holda tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi
Talabalar turar joyida yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.