Payshanba, 08 Fevral 2024 09:43

Universitetimiz talabasi IELTS imtihonini imtiyozli ravishda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Universitetimizning to'rtinchi bosqich Mar-220 guruhi talabasi Javoxir Matnazarov o'zining ajoyib qobiliyati va universitetimiz tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar natijasida  IELTS imtihonini imtiyozli ravishda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

-“Men avvalo, talabalar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratgani uchun universitetimiz rahbariyatiga va professor-o‘qituvchilariga  o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Menga berilgan imtiyoz natijasida  IELTS imtihonini topshirish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman.Ushbu imkoniyat mening maqsadlarimga erishish va o‘z soham bo‘yicha tajriba almashishda muhim rol o‘ynaydi”,-deydi Javoxir Matnazarov.

Albatta Javohir kabi shijoatli va talabchan talabalarimiz borligidan faxrlanamiz.  Ushbu tanlovda o'z bilim va iqtidorini namoyish etgan barcha ishtirokchilarga hamkorlarimiz IDP IELTS va Edu Action MCHJlariga  ushbu tanlovni o‘tkazishda yorlam berganligi uchun o‘z minnatdorchilik bildirib qolamiz.

O'qilgan 126 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar