Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida A.Navoiy ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu she’riyat kechasida universitetimiz o‘qituvchisi N.Nurullo ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
–Men bunday juda katta man’aviy va ma’rifiy tadbirda qatnashganligimdan juda xursandman. Bilasiz, buyuk mutafakkir A.Jomiy o‘zbek she’riyatining sultoni bo‘lgan A.Navoiyning ustozi bo‘lgan. Tadbir juda katta ko‘tarinkilik bilan tashkil qilinib unda Navoiyning adabiyot va madaniyatga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi ma’ruzalar qilindi,-deydi ushbu tadbir ishtirokchisi N.Nurullo.
Darhaqiqat A.Navoiy nafaqat turkiyda ijod qilgan o‘zbek xalqining balki butun dunyoning buyuk allomalaridan biri hisoblanadi.