Joriy yilning mart oyida universitetimiz “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Muslima Amriddinova Koreyaning Seul va Tejon shaharlaridagi bir nechta nufuzli universitetlari, jumladan Hankuk xorijiy tadqiqotlar universiteti hamda Vosong universitetlari bilan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy ishlarda hamkorlik qilish, ochiq darslar tashkil qilish hamda qo‘shma konferensiyalar tashkillashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Shuningdek Korea universitetlariga safar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 yildagi PQ-19-son qarorida keltirilgan xorijiy davlatalardagi O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida ushbu davlatlarning ta’lim va ilmiy tashkilotlarida markazlar va kafedralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan topshiriq ijrosi bo‘yicha muloqotlar o‘tkazdi.