“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Nodir Xushvaqtov Germaniyaning Gyottingen universitetida ilmiy amaliyot oʻtadi. Mazkur ilmiy amaliyot DAAD dasturi (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning “Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari” (“European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research”) xalqaro granti doirasida tashkil etildi. Amaliyot davomida Germaniyaning Gyottingen universitetida olib borilayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. Shuningdek, Berlin shahrida joylashgan Germaniya davlat kutubxonasida saqlanayotgan O’zbekiston tarixiga oid bo’lgan noyob manbalar va muzeylarda saqlanayotgan Ipak yo’li shaharlari tarixiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishildi. O‘qituvchi tomonidan amaliyot davomida o’rganilgan zamonaviy ilmiy-amaliy ko’nikmalar dars jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.