1-may kuni universitetimiz Kompleans nazorati bo'limi bosh mutaxassisi Ilhom Negmatov tomonidan ko'ngilli talabalar orasidan saylab olingan talaba-yoshlar klubi tashkil qilindi.
Shu munosabat bilan ko‘ngillilar ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, unda dastlab tanishtiruv so‘ngra bugungi kunda talabalarni qiynab kelayotgan ba'zi muammolar haqida fikr yuritildi.
Tashkil qilingan davra suhbati juda qizg'in o‘tkazilib, ayrim tushunmovchiliklarga aniqlik kiritildi. Kelgusida oliygohimiz Kompleans nazorati bo'limi tomonidan bu kabi tushunmovchilik bo‘lgan vaziyatlar o'rganilib joyida barham topilishi xususida gapirildi.
Shuningdek universitetda korrupsiya va qonun buzilishlari holatlari sodir bo‘lmasligi yuzasidan chora tadbirlar belgilab olinishi hamda bu kabi davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazilishi aytildi.