Dushanba, 24 Iyun 2024 09:55

"Turizmni rivojlantirish” mavzuidagi tanlovda universitetimiz jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 23-iyun kuni o‘tkazilgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi festival doirasida viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari jamoalari o‘rtasida "Turizmni rivojlantirish” mavzuidagi ko'rik-tanlov tashkil qilindi. "Ipak yo'li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi Turizm texnikumida  o‘tkazilgan tanlovdan ko‘zlangan maqsad  Samarqand yangi O'zbekistonning turizm darvozasi sifatida namoyon bo‘lishi hamda mehmonlarga doimiy ravishda namunali xizmat ko'rsata oladigan salohiyatli mutaxassislarni aniqlashdan iborat. Joriy yilning 23-iyun kuni o‘tkazilgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi festival doirasida viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari jamoalari o‘rtasida "Turizmni rivojlantirish” mavzuidagi ko'rik-tanlov tashkil qilindi. "Ipak yo'li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi Turizm texnikumida  o‘tkazilgan tanlovdan ko‘zlangan maqsad  Samarqand yangi O'zbekistonning turizm darvozasi sifatida namoyon bo‘lishi hamda mehmonlarga doimiy ravishda namunali xizmat ko'rsata oladigan salohiyatli mutaxassislarni aniqlashdan iborat.       Tanlov ishtirokchilari turizm yo'nalishidagi startap loyihalar, oshpazlik, ofitsiant xizmati, gid xizmati kabi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Malakali mutaxassislar tanlov ishtirokchilarining shartlar bo‘icha amalga oshirgan ishlarini baholab borishdi. Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to'plagan jamoa tanlov g'olibi deb e’lon qilindi. 
1-o‘rin “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-o‘rin Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 3-o‘rin Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti   G‘oliblarga viloyat hokimi nomidan sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'qilgan 214 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar