Chorshanba, 14 Avgust 2024 10:29

“Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyida universitetimizning bir guruh talabalari munosib ishtirok etishdi

2024-yilning 8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda respublikamizning barcha hududlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari delegatlaridan tashqari universitetimizning xorijiy talabalaridan iborat jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Besh kun davomida qurultoyda turizm va ekologiya sohasidagi ko‘plab loyiha va festivallar yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.

Maqsad yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yosh avlodning ekologiya va turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarishdir.

Qurultoy doirasida har kuni bir qator tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya va loyihalar tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, “Yosh ekologlar” harakati va Yosh turizm elchilari Kengashiga saylovlar o‘tkazildi.

Qurultoy doirasida xorijiy delegatsiyalar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida xorijlik talabalardan iborat universitetimiz jamoasi  1-o‘rinni egalladi.

O'qilgan 220 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar