Chorshanba, 02 Oktyabr 2024 13:51

Universitetimizda madaniy meros sohasida yirik xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi

Bugun 2-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘z ishini boshladi.

Ushbu anjuman 2-3 oktabr kunlari o‘tkazilib, unda madaniy meros sohasidagi xorijlik va mahalliy mutaxassislar, ilmiy doira vakillari ishtirok etmoqda. Simpoziumning ochilishida dastlab universitetimiz rektori A.Abduxakimovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini va ma’ruzasini oliygohimiz birinchi prorektori D.Nasimov o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, madaniy merosni boshqarish magistri Sara Noshadi so‘z olib bugungi kunda O‘zbekistonda madaniy meros sohasidagi amaliy ishlar mavjud 8 mingga yaqin tarixiy inshootlarning saqlanishi, restavratsiya qilinishi xususida gapirdi. Ahamiyatlisi ushbu simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasining rasmiy ochilishi ham bo‘lib o‘tdi.

Anjuman tashkilotchisi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori M.Yusupova birinchi bor o‘tkzilayotgan ushbu simpozuimdagi ma’ruzalar jamlanmasi bitta katta kitob shakliga keltirilganligi bu esa kelgusida qator amaliy ishlarga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek tadbirda xorijlik va mahalliy mutaxassislar, professorlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Anjuman sessiyalarga bo‘lingan holda davom etmoqda.    

O'qilgan 250 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar