Juma, 04 Oktyabr 2024 12:20

“Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi xalqaro anjuman natijalarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi

2-3 oktabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumning oxirgi ish kuni ham juda sermazmun bo‘ldi. Ilmiy doira vakillari, mutaxassislar tomonidan madaniy meros sohasidagi amaliy ishlar va kelgusidagi vazifalar tahlil qilindi. Simpoziumda o‘qilgan barcha ma’ruzalar jamlanmasi katta kitob shakliga keltirildi. Bundan tashqari anjumanning birinchi ish kunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasining ochilishi ham ilmiy doira vakillari orasida katta voqelik bo‘ldi.

     - Men uchun ushbu anjuman har tomonlama tahliliy va natijalarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.  YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borishidan xursandman,-deydi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi.

Simpoziumning oxirgi ish kunida anjumanda faol bo‘lgan bir guruh xorijlik va mahalliy ishtirokchilarga hamda tashkilotchilarga sertifikatlar topshirildi.

O'qilgan 289 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar