"Ipak yo‘li" turizm tadqiqotlari jurnalining birinchi soni “Tarix · San’at · Texnologiya – Buyuk Ipak Yo‘li madaniy merosini muhofaza qilish va undan foydalanish” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi doirasida taqdim etildi.
Jurnal turizm tadqiqotlari sohasidagi tadqiqotlar va bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy platforma sifatida xizmat qiladi. Ilmiy jurnal turizmning turli jihatlarini qamrab oluvchi yuqori sifatli, original tadqiqotlarga e'tibor qaratadi va Ipak yo‘lining boy tarixiy va madaniy merosini ilmiy tomondan o‘rganishga e’tibor qaratadi.
Taqdimot marosimida “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, prof. Dilmurod Nasimov, Shimoli-g‘arbiy universiteti vitse-prezidenti Chen Fulin, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, prof. Ahmadali Asqarov va Markaziy Osiyo, Xitoy, Yevropa mamlakatlaridan 60 dan ortiq mashhur olimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida jurnal bosh muharriri, prof. Tongqian Zou jurnalning turizm tadqiqotlarini ko‘plab ilmiy mavzular orqali rivojlantirilishi xususida gapirdi. Shuningdek prof. Tongqian Zou Ipak yo‘li madaniy merosini ilmiy jihatdan o‘rganishda tarix, san’at va texnologiyani integratsiyalash hamda barqaror turizmni rivojlantirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Ushbu tashabbus jurnalning keng doirasini aks ettirib, to‘liq hajmdagi tadqiqot maqolalari, qisqa tadqiqot eslatmalari, konferensiya xulosalarini va kitob sharhlarining tahliliy mazmunini qamrab oladi.
Jurnalning birinchi soniga universitetimiz o‘qituvchilari Xusen Ibragimov va Muhammad Shahparan muharrirlik qilishdi. Ilmiy nashr qat'iy axloqiy me’yorlarga amal qilishi belgilanib, har bir e’lon qilingan maqolalarning tahliliy bo‘lishi va turizm sohasi uchun qimmatli ma’lumotlar keltirilishi lozim. Jurnalning birinchi sonining nashr etilishida oliygohimiz Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari va Tarix va madaniy meros kafedralari hamda IT bo‘limi yaqin hamkorlikda faoliyat olib borishdi. Jurnal har chorakda chop etilib, dunyo bo‘ylab olimlarga o‘z tadqiqotlarini ulashish uchun barqaror platforma vazifasini o‘taydi. Umuman olganda, “Ipak Yo‘li” turizm tadqiqotlari jurnalining taqdim etilishi akademik tadqiqotlarni turizm, madaniy merosni saqlash va texnologik yutuqlar bilan bog‘lashda katta qadam hisoblanadi va o‘zini turizm va madaniy meros tadqiqotlari sohasidagi asosiy manba sifatida namoyon bo‘lishi belgilangan.