Juma, 01 Noyabr 2024 12:37

Talabalarimizga ruhiy salomatlikni yanada yaxshilash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi

Ruhiy salomatlik - bu ruhiy farovonlik holati bo‘lib, u odamlarga hayotdagi stressli vaziyatlarni yengish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, muvaffaqiyatli o‘qish va ishlash, shuningdek, jamiyat hayotiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Shu boisdan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov 1-босқич “Turizm va mehmondo‘stlik” hamda “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 424 va 124-guruh talabalari uchun tadbir tashkil etishdi.

        Uchrashuvda talabalarning ijtimoiy-ruhiy holatini aniqlashga yordam beradigan psixologik metodikalar to‘plami tarqatildi va o‘quv jarayoniga moslashish bo‘yicha tavsiyalar, maslahatlar berildi. Ushbu metodikalar natijalariga ko‘ra, talabalarning ijtimoiy-psixologik portreti bazasi shakllantiriladi.

O'qilgan 125 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar