Tarix va madaniy meros kafedrasi tashabbusi bilan Germaniyaning Potsdam tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Corinna Kuhr-Korolev universitetimizda mehmon bo'ldi.
Corinna Kuhr-Korolev tomonidan "Ochiq osmon ostida" ko'rgazma tashkil etish metodikasi bo'yicha talabalarimizga ochiq dars, workshop o'tkazildi. Joriy yil ilk bor olimaning shaxsiy g'oyasi asosida Gresiyaning Krit orollarida ishga tushirilgan tadqiqot natijalari ularoq tashkillashtirilgan ko'rgazma misol tariqasida ko'rsatib o'tildi.
Corinna Kuhr-Korolev tomonidan qo'llanilgan metodlar haqida universitetimiz jamoasi hamda talabalariga zarur ma'lumotlar berildi.
Tarix va madaniy meros kafedrasi tomonidan praktik va taktik mavzulardagi bu kabi uchrashuvlar tashkil etish an'anasi talabalarimizni fanlarni o'zlashtirishlarida qo'l kelayotganligi, ularning kasbiy mahoratini oshirayotganligi tahsinga sazovor.