Bugun 3-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich TTE-124 guruh talabalariga Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Universitet tyuteri G.Husainova tomonidan o‘tkazilgan Ma’rifat soatining bu galgi mavzusi “Odam savdosiga qarshi kurashish” bo‘ldi. Ma’rifat soatida yoshlarning Odam savdosi qurboni bo‘lib qolayotganligi va bu jarayonda huquq-tartibot idoralarining ishonch telefonlariga murojaat qilishlari aytildi.