Seshanba, 15 Sentyabr 2020 16:17

Universitetda xorijlik abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi

2018-2019- o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatga chet el fuqarolari qabul kvotalaridan tashqari, test sinovlarini topshirmasdan suhbat o‘tkazish (intervyu berish) yo‘li bilan qabul qilinmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida (05.06.2018- yildagi PQ-3775-son) qayd etilgan.

Shunday qilib, 90 daqiqa ichida javob berishga tayyorgarlik ko‘rish uchun nomzodlar ma’lum bir mavzu bo‘yicha kichik, ammo keng qamrovli taqdimot topshirishdi. Abituriyentlarning hayajonlari tushunarli va asosli bo‘lib, ularning javoblari nafaqat tanlangan mutaxassislik, balki ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha ham baholandi.

Abiturientlardan biri: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabasi bo‘lish sharaf. Bu yerda xorijlik talabalarni o‘qitish uchun yuqori sifatli ta’lim, iliq va samimiy muhit, o‘qituvchilar tomonidan tushunish va umuman o‘zbek xalqining barcha mehr-muhabbatini o‘z ichiga olgan ajoyib imkoniyatlar yaratilgan”, deb ta’kidladi.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasiga o‘qishga kelgan xorijlik abituriyentlar orasida juda mashhur. Xususan, 2020-2021- o‘quv yilida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmanistondan abituriyentlar universitetga talabalar safiga qabul qilindi.

O'qilgan 4053 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar