Chorshanba, 07 Oktyabr 2020 12:04

“Ipak yo'li” turizm Xalqaro universitetida ilk o'qish kuni!

Bir necha oydan buyon davom etayotgan pandemiya barcha rejalarimizni chilparchin qilib yubordi. Biroq shunday qiyin davrda ham ta'lim tizimida uzilish bo'lgani yo'q. “Ipak yo'li” turizm Xalqaro universiteti ham pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ta'lim jarayonini tashkil etdi va yangi o'quv yilini boshlab yubordi.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni 2 va 3-kurs talabalari uchun masofaviy darslar boshlandi. Biroz cho'zilib ketgan yozgi ta'tildan so'ng talabalar yangi kuch, shijoat bilan o'qishga kirishib ketishdi. Ularga nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlarida o'qib, malaka oshirib kelgan o'qituvchilar bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqda. Ta'lim berish jarayoni qulay va samarali Microsoft Teams platformasida amalga oshirilmoqda.

Yangi o'quv yilida hurmatli o'qituvchilarga kuch-quvvat, talabalarga esa muvaffaqiyat, shijoat tilab qolamiz!

O'qilgan 6399 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar