×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 25 Iyun 2021 10:55

“Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-trening haqida

          O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning tashabbusi bilan 2021-yil 14-15-iyun kunlari davomida mintaqada ilk marotaba Farg‘ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini  hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning  roli” mavzusida respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning  ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Mahallalar va  Oila ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalqaro Islom Akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ma’ruzalar qilishdi. Respublika oliy o‘quv yurtlarida xotin-qizlar  maslahat kengashlari raislari gender tengligiga erishish strategiyasi bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalarga munosabat bildirdilar.

Ushbu seminar-treningda ko‘tarilgan masalalar hozirgi kunda nafaqat respublika, balki milliy darajaga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.  Seminar-trening  davomida mehmonlar Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Bolajon” innovatsiya markazi va “Gender tengligi ilmiy-tadqiqot markazi” faoliyatini yo‘lga  qo‘yishga, mazkur markazlar yangi faoliyatlar hamda yutuqlarga erishishga  imkon berishiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Abbasova bevosita ishtirok etdi hamda o‘z faoliyati uchun gender tenglik masalalari bo’yicha universitet xotin-qizlarimizga sharoitlar yaratish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlariga imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birga,  oilali, yosh farzandli talaba-qizlarga bir qancha imkoniyatlar yaratish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti tajribasini universitetimizda  tatbiq etish masalalarini tahlil etib, ularni universitet faoliyatida ham joriy etish kelajakda gender tenglikka erishishda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkinligini ta’kidladi.

O'qilgan 3138 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}722{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar