2021-yilning 10-avgust kuni Britaniya fotosuratchisi Julian Elliott va Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm Vazirligi huzuridagi "Otrar" turk dunyosi elektron kutubxonasi loyihasi koordinatori Asel Laxaeva hamda taniqli o'zbek fotosuratchisi Feruz Rustamov bilan birgalikda Samarqandga rasmiy tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, madaniyat vazirligi, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki daqiqalaridan boshlab, mehmonlar universitetning "Smart Campus" dizaynini yuqori baholadilar. Ular uchun ekskursiya tashkil etildi, unda Buyuk Ipak yo'liga bag'ishlangan ekspozitsiyalarga alohida e'tibor qaratildi. J.Elliott, so'zlariga ko'ra hozirgi kunda dunyoda sayohat tushunchasi o'zgarib bormoqda. Ushbu global o'zgarishda, sayyohlar oʻzlarini mamlakatda mahalliy aholi kabi his qilish istagini inobatga olgan holda, mening tashrifim O'zbekistonning yanada chuqur ochilishiga qaratilgan. Turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurib, bu yerdagi muhitni ko'rish va his qilish orqali yaqin orada O'zbekiston jahon sahnasida yanada mashhur bo'ladi, deb ishonaman".
Shuni ta'kidlashni istardimki, bugungi kunda Julian Elliott ingliz nashrining "Bradt Travel Guides" qo'llanmalarining professional fotografidir, uning ko'p yillik faoliyati uchun jahon miqyosidagi turli mukofotlarni qo'lga kiritdi, uning o'ziga xos xususiyati tartibga soluvchi dasturlardan minimal foydalanish bo'lib, fotosuratni kamerada qayta ishlash jarayonida, tabiiy go'zallik va ravshanlikni keltirib chiqaradi.
O'z navbatida, "O'tror" turk dunyosi elektron kutubxonasi loyihasi koordinatori Asel Laxaeva universitet kutubxonasining yuqori darajada jihozlanganligini ta'kidlab, o'z hissasini qo'shishga va kutubxonani oʻzining sovg'a qiladigan kitoblari bilan to'ldirishga va'da berdi.