Dushanba, 16 Avgust 2021 08:34

Hurmatli talabalar!!!

Koronavirus bilan kasallanganlar sonining  oshishi tufayli infeksiya tarqalish xavfini kamaytirish uchun qo'shimcha choralar ko'rildi.

   "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti ma'muriyati o'z talabalariga Covid-19dan emlanish zarurligini rasman e'lon qiladi. Talabalar emlanganligi haqidagi sertifikatni universitet tibbiy boʻlimiga taqdim etishi kerak.Vaksina olishdan bosh tortganlar asosli tibbiy hujjatni taqdim etishlari shart. Vaksinani olmagan talabalar "Ipak yo'li" universiteti binosiga kiritilmaydi, shuning uchun darslarni o'tkazib yuborish havfi bor. Vaksina olgan va sertifikatga ega boʻlgan talabalarga, 2021/2022 o'quv yili uchun asosiy to'lov shartnomasining 10% miqdorida bir martalik chegirma beriladi.

  Ta'kidlash joizki, universitetning barcha ma'muriyati va barcha o'qituvchilari majburiy emlash to'g'risidagi qonunga muvofiq emlash kursidan o'tdilar.

Hurmat bilan Universitet Ma'muriyati.

O'qilgan 2976 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar