Juma, 24 Sentyabr 2021 11:33

Turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari mehmonxona biznesi sohasida Amerika ta’lim instituti (AHLEI) kurslarini o‘tadilar

2021-yil 19-25-iyul kunlari “Mehmonxona biznesi sohasida sertifikatlangan mutaxassis” onlayn-kurslari o‘tkazildi va unda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Kurs yakunida S.Jumanazarov, M. Vafokulova, A.Suyunov, S.Shaydullayeva, J.Xamroqulov, A.Sobirov, hamda U. G‘ulomovlarga xalqaro bazaga kiritilgan AHLEI sertifikatlari  topshirildi. Ushbu xujjat egalariga dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtida mehmondo‘stlik sohasida ta’lim berish imkonini beradi.  

Ma’lumot uchun: Mehmonxona biznesida Amerika ta’lim instituti (The American Hotel & Lodging Educational Institute - AHLEI) - 65 yildan ortiq turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislarini o‘qitish va sertifikatlash bo‘yicha jahon miqyosida etakchi hisoblanadi. Uyushma shtab-kvartirasi Orlando (Florida shtati)da joylashgan bo’lib, kompaniya ofislari Michigan shtatining Lansing shahrida, shuningdek, Hindiston va Xitoyda ham faoliyat olib boradi. Kompaniyaning keng mahsulotlari qatoriga DVD materiallari, darsliklar (bosma va raqamli), shuningdek, onlayn ta’lim tizimlari kiradi. 

O'qilgan 3214 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar