×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 27 Sentyabr 2021 10:52

Lvov viloyati delegatsiyasi (Ukraina) “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida Lvov viloyati (Ukraina) delegatsiyasi Samarqand viloyati turizm sohasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida sayyohlarni jalb qilish bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, do'stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar O'zbekiston va Ukraina sayyohlik salohiyatini ochib, turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha kelgusidagi rejalar bilan tanishdilar.

Muvaffaqiyatli muzokaralar natijasida, ushbu tadbir Lvovdan Samarqandga sayyohlarning katta oqimini keltirib chiqarishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati tomonidan chet ellik mehmonlar uchun universitetning yangi zamonaviy kampusi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi, unda delegatsiya vakillari universitetni tashkil etilganligi tarixi va o'quv jarayonida qo'llanilayotgan so'nggi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdilar.

O'qilgan 3608 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}836{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar