Seshanba, 12 Oktyabr 2021 15:36

18-22-Oktabr kunlari tashkil etilyotgan "Turizmni Boshqarish Tendentsiyalari" nomli online yozgi maktabiga talabalarni taklif etamiz

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Germaniyaning Dresden Amaliy Fanlar Universiteti va Ekvadorning Milagro Davlat Universiteti bilan hamkorlikda 18-22-Oktabr kunlari tashkil etayotgan "Turizmni Boshqarish Tendentsiyalari" nomli online yozgi maktabiga talabalarimizni taklif etadi. Besh kun davomida uchta davlatdan turizm industriyasida yetuk malakaga ega mutaxassis va professorlar seminarlar tashkil etishadi. Seminarlarda faol qatnashgan talabalar 6 ECTS bilan taqdirlanadilar. Talaba bu kreditlar bilan qarzdorlik fanidan xalos bo'lishi yoki kelasi o'quv semestrida tanlov fanlarning biridan vos kechish imkoniyatiga ega. Yozgi ta'til ingliz tilida tashkil etiladi.
Registratsiyadan o'tish uchun quyidagi havolani ishlatishingiz mumkin: http://www.fh-dresden.eu/conference

To'lov haqida malumot:
Talabalar uchun: 60€
Mutaxassislar uchun: 95€

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti talabalari uchun 8 ta grant joy ajratilgan.
Yozgi maktab haqida, hamda grantlar haqida to'liq ma'lumot olish uchun universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limiga bog'lanishingizni so'raymiz: Mironshoh Uktamov
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

O'qilgan 3844 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar