Payshanba, 14 Oktyabr 2021 18:02

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Targ‘ibot poyezdi” “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Targʻibotchilar universitetning professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlari tomonidan kutib olindi. Tadbirni universitetning birinchi prorektori J.D.Eltazarov ochib berdi, tarix fanlari doktori Farhod Nabiyev ertangi kunimizni belgilab beradigan saylov haqida kichik ma’ruza oʻqidi. “Targʻibot poyezdi” guruhi a’zolari universitetning talaba yoshlari oʻrtasida saylovoldi targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishdi, saylov va uning olib borilish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar berishdi. Tadbirda saylov mavzusidagi turli xil kichik viktorinalar oʻtkazildi, faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

O'qilgan 3237 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar