11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi M.Abbasova, psixolog D.Turdieva, 3-bosqich iqtidorli talabasi Sh.Hamroqulova boshchiligida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlari bilan uchrashuv tashkil qilishdi.
Iqtidorli talaba qizlar qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularga erishish yo‘llari haqida hikoya qiluvchi taqdimot o‘tkazishdi. Motivatsion ruhdagi ma'ruzalar tarbiyalanuvchi qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi uchrashuvlar kelgusida ularning kasb tanlashida amaliy yordam berishiga umid qilib qolamiz.
Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchi qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.