×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 19 Oktyabr 2021 10:07

2021 yil 18 oktyabrda Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasining Birinchi Maslahatchisi, shu yilning avgust oyida tayinlangan janob Maksim Jerenje bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Hamkorlikning turli yo'nalishlarini muhokama qilindi, jumladan, ta'lim dasturlari, tadqiqotchilar va o'qituvchilarning akademik almashinuvi. Shuningdek, uchrashuv davomida sayyohlik, madaniy meros va tarixiy obidalarni tiklash sohasidagi fransuz mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, talabalar almashinuvi va yosh mutaxassislar uchun amaliyotni tashkil etish muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, Frantsuz Alyansining Toshkentdagi bo'limi tomonidan taalabalar o’rtasida fransuz tilini o'rganishga alohida e'tibor berilishiga kelishib olindi.

Ilmiy ishlar bo'yicha prorektorning ACCOR mehmonxonalar tarmog'i va Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti o'rtasida sheriklik va ishbilarmonlik  o'rnatish to'g'risidagi takliflar qo'llab-quvvatlandi.

Universitet kutubxonasiga tashrif buyurgan Birinchi Maslahatchi Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasidan kamida 500 dona kitob sovg'a qilishga tayyorligini bildirdi.

O'qilgan 3040 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}857{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar