O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlardan kelgan jurnalistlar "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Faxriy mehmonlar uchun kampus bo'ylab ekskursiya tashkil etildi, xususan: laboratoriyalar, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.