Joriy yilning 29-sentyabr kuni “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga Lvov shahri administratsiyasi rahbari A.I.Sadoviy boshchiligidagi deligatsiya tashrif buyurdi.
Faxriy mehmonlar uchun kampus bo'ylab ekskursiya tashkil etildi, unda delegatsiya vakillari universitetni tashkil etilganligi tarixi va o'quv jarayonida qo'llanilayotgan so'nggi zamonaviy texnologiyalari, laboratoriya, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.