Juma, 05 Noyabr 2021 16:08

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi zo‘ravonlikdan jabrlangan talabalar uchun telegramda ishonch telefoni va suhbat botini ochdi

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi zo‘ravonlikdan jabrlangan talabalar uchun telegramda ishonch telefoni va suhbat botini ochdi.

Hurmatli talabalar, agar siz o'qiyotgan yoki ishlayotgan universitetda, kasb-hunar kollejida o'zingizga nisbatan zo'ravonlik, bosim va shunga o'xshash tahdid ostida bo'lsangiz yoki  bunday harakatlarga guvoh bo'lsangiz, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ishonch telefoni (1006) yoki @himoya_otv_ telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Shaxsiyatingizning maxfiyligi va barcha shaxsiy ma'lumotlaringiz kafolatlanadi. Sizga barcha kerakli yordam ko'rsatiladi. Bunday harakatlarning oldini olish bo'yicha qat'iy chora-tadbirlar ta'minlanadi va har bir ish to'xtatiladi.

Oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, talabalarning sha'ni va qadr-qimmatini, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetining ustuvor vazifasidir.

O'qilgan 3370 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar