2021-yilda jamoamiz hayotida yuz bergan eng muhim o’zgarishlardan biri - universitetimiz kutubxonasi fondlarining turizm, madaniy meros, tarix, madaniyat, san’at, axborot vositalari, arxeologiya, tillar, etnografiya, etnologiya, geopolitika, geostrategiya kabi fan yo’nalishlariga oid nodir kitoblar bilan to’ldirilishi bo’ldi.
Ma’lumki, kutubxona kitob fondini to'ldirish manbalaridan biri bu xayriya hisoblanadi. Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A. Abduxakimov Xalqaro turizm universiteti kutubxonasiga ajoyib kitoblar to‘plamini sovg'a qildi. Taqdim etilgan kitoblar muzeyshunoslik, tarix, san'at va madaniyat sohasidagi eng so'nggi tadqiqotlarni o'z ichiga olgan nodir ilmiy manbalardir. Bu jamlanmauzoq va yaqin xorijdan Rektorimizning o’zlari olib kelgan, xaridini tashkil qilgan va shaxsiy kutubxonalari fondidan ayirgan kitoblardan iboratdir.
Universitet talabalari va professor o’qituvchilari oliyjanob saxovatlari va sovg'alari uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari - Turizm va sport vaziri, "Ipak yo'li" Turizm va madaniy meros universiteti rektori A. Abduxakimovga samimiy minnatdorchilik bildiradi. Ishonchimiz komilki, sovg'a qilingan kitoblar nafaqat kitob javonlarida o'z o'rnini egallaydi, balki o'z o'quvchilarini ham topadi.
Kutubxona ma’muriyati va fondimiz bugundan e’tiboran kutubxonamizning fondidan joy olgan nodir kitoblar va uni sovg’a qilgan saxovatpeshalar haqida ma’lumotlar berib boradi.