×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 09 Noyabr 2021 10:58

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasi qimmatli kitoblar bilan boyitilmoqda

“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirokida “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga kitoblarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi ishtirok etdi.

Muloqot davomida D.Satibaldi qozog‘istonliklar O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va mamlakat oliy ta’lim muassasalariga eng ilg’or texnologiyalar joriy etilayotganini yuksak qadrlashini ta’kidladi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasining Buyuk Ipak yo‘lidagi turizm, tarixi va madaniyatiga oid jahon adabiyoti bilan jihozlangan kutubxonaning shakllantirilishi mamlakatimizda kadrlar malakasini yanada yuksaltirish hamda Markaziy Osiyoda turizm industriyasini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

A.Abduhakimov Qozog‘iston tomonining tashabbusi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan turizm sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash, yangi mintaqaviy turistik yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyoga tashrif buyuruvchi mamlakatlar uchun yagona “SilkVisa”ning tez orada yo’lga qo’yilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

O'qilgan 3394 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}884{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar