Juma, 12 Noyabr 2021 15:31

“Yil talabasi-2021” tanlovi e'lon qilinadi

Hurmatli  talabalar!!!!!

Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida  “Yil talabasi-2021” tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi.

“Yil talabasi-2021” tanlovining asosiy maqsadi: jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

 Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

1.  Tanlovning birinchi bosqichi har bir universitetimizda ikki turda tashkillashtiriladi:

Birinchi tur – har bir yunalish (kesimi)da o‘tkaziladi;

  • “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha), bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
  • “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
  • “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;
  • “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;
  • “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ta’lim olishga talaba-yoshlarni targ‘ib qiluvchi ishlanmalari va oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faollik darajasi  hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; 
  • “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;
  • “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi tur – universitet miqyosida, yunalishlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

2.  Tanlovning respublika bosqichi (onlayn tarzda) joriy yilning dekabr oyida  o‘tkaziladi. Tanlovning Respublika bosqichida har bir nominasiyalar bo'yicha 1, 2 va 3-o'rin sovrindorlari bo'lgan ishtirokchilar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va 1-o'rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida pul mukofoti, 2-o'rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofoti hamda 3-o'rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar 12 dan 22 noyabrgacha 235 – xona N.Abduvaxidovaga mo’rojaat qilishlaringiz lozim.

O'qilgan 4347 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar