O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi "Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5270 qarori doirasida universitetning yangi logotipiga tanlov e'lon qiladi.
Bosh sovrin-5 million so'm.
Tanlov e’lon qilingan logotipda universitet faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari maksimal darajada aks ettirilishi kerak. Barcha xohlovchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun tashkiliy qo'mitaning manziliga universitetning yangi logotipi loyihasini yuborishi kerak. Tanlovda jamoaviy yoki individual ishtirok etish mumkin. Logotipni tanlashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi: esda qolarlilik, mantiqiylik, ko'p qirralilik, ranglar uyg’unligi.
Tanlovning so’ngi muddati 2021-yil 25-noyabr, tanlov komissiyasi yuborilgan ishlarni 3 kun muddat ichida ko'rib chiqadi va 2021-yil 30-noyabr kuni tanlov natijasi bo’yicha tanlov g'olibini e’lon qiladi.
Tanlov g’olibiga 5 million so'm pul mukofoti, shuningdek g'oliblik diplomi taqdim etiladi.
Loyihalaringizni @Mustaevashahida, @Salievaekaterina telegram manzillarida kutib qolamiz.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qililshlaringizni so’raymiz: +998915244614, +998902121331.