Joriy yilning 17- noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o’quv ishlari bo'yicha prorektori, AQShning Garvard universiteti, Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti va Germaniyaning Heidelberg universiteti bitiruvchisi professor J.Hoffmann universitet talabalari va o'qituvchilari uchun "Madaniy meros nima?"mavzusida ma'ruza qildi.
Professor J.Hoffman madaniy meros sohasida, shuningdek, din sohasida keng tajribaga ega bo'lgan mutaxassis. Uning ma'ruzasi turli jamiyatlarning o'z madaniyatini o'zligiga tayanib qanday shakllantirgani, madaniy merosni anglash bag'ishlangan bo’lib, tinglovchilar uchun taassurotga boy bo’ldi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bunday ma'ruzalar har oyda o'tkazilishi rejalashtirilgan.