Bu yil “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilk marotaba "O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Kubogi" sport musobaqalar tashkil etiladi, unda talabalar turli sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan sport, ta’lim, madaniyat va tarbiya hamda yoshlar bo‘sh vaqtini o‘tkazishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida ilgari surilgan beshta tashabbusning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi "yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilmoqda.
Ta'kidlash joizki, "O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Kubogi" quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tashkil etilgan:
- futbol;
- shaxmat;
- badminton;
- armrestling;
- kvest.
Joriy yilning 26 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Kubogi" doirasida "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida ishchi guruh ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tmoqda, unda musobaqani bevosita o'tkazish masalalari ko'rib chiqiladi: ishtirokchilarni ro'yxatga olish va qur'a tashlash, musobaqani tantanali ravishda ochish tartibi, barcha sport turlari bo'yicha o'yin qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinadi.