Kutubxona har qanday ta’lim muassasasi, jumladan, universitet faoliyatida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. An’anaviy yo‘nalish hisoblangan ta’lim-tarbiya faoliyatini axborot va ta’minlash bilan bir qatorda, kutubxona, ma’lumki, har qanday oliy ta’lim muassasasining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarida muhim o‘rin tutadi. Mutaxassislarning e'tirof etishicha, ko'p narsalar kutubxona devorlarining ichida o'tadigan intellektual faoliyat darajasiga bog'liq.
Kutubxonaga ajoyib, ayniqsa mehmonxona va restoran biznesga oid kitoblar to‘plamini sovg‘a qilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Endilikda talabalar «101 HOTEL ROOMS», «101 Hotel Rooms, VOL. 2», «101 HOTEL BATHS & SPAS», «101 HOTEL-LOBBIES, BARS & RESTAURANTS», «BRANDLife: Boutique Hotels & Hostels», «BRANDLife: Restaurants & Bars: Integrated Brand Systems in Graphics and Space» kabi eng so'ngi nashrli kitoblari bilan tanishishlari mumkin.
Hurmatli rektorimiz sa’y-harakati bilan universitet kutubxonasi har kuni tarix, madaniyat, turizm, san’at, arxeologiya, tilshunoslik, etnografiya va hokazolarga oid kitoblar bilan to‘ldirilib bormoqda.