Chorshanba, 01 Dekabr 2021 10:11

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universitetida birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universitetida Rossiya Federatsiyasi Ta'lim vazirligi ko'magida “Rus tili va madaniyati zamonaviy ta’lim texnologiyalari diqqat markazida” birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Anjuman avvalida F.M.Dostoyevskiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmning ochiq namoyishi bo'lib o'tdi. Keyinchalik, ishtirokchilar universitetning majlislar zalida bo‘lib o‘tgan davra suhbatiga yig‘ilishdi.  Shuningdek, davra suhbatida ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi, hamkasblarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.  Davra suhbatlari va muhokama maydonchalarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari, chet elda rus tilini o‘qitishni tashkil etishdagi muvaffaqiyatli tajriba va madaniyatlararo o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Nufuzli va malakali olimlar, jahon miqyosidagi mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy xususiyatga ega bo‘lgan miqyosdagi xalqaro anjumanning o‘tkazilishi madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlab o'tildi.

O'qilgan 3184 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar